MAXFIYLIK SIYOSATI

“Runner” MCHJ (bundan buyon “Sayt”, “runner.az”, “Biz”, “Bizniki” deb yurutiladi) maxfiylik qonunlari va shaxsiy hayot daxlsizligiga rioya qiladi. Saytga kirish va undan foydalanish orqali siz ma’lumotlaringizni ishonganligingizni va Maxfiylik Siyosati qoidalariga muvofiq ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik berganligingizni anglatadi. Agar siz Maxfiylik Siyosati va uning quyidagi qoidalarini qabul qilmasangiz, sizdan saytni tark etish va uning xizmatlaridan foydalanmasligingiz talab qilinadi.

SHAXSIY MA’LUMOTLARNI YIG’ISH

Shaxsiy ma’lumotlaringizni sizning xabardorligingiz va ruxsatingiz bilan to’plashga harakat qilamiz va bu odatda siz xizmatlarimizdan foydalanganingizda, ma’lumot yoki boshqa xizmatlarni olish uchun saytda ro’yxatdan o’tganingizda yoki bizning savollarimizga javob berganingizda amalga oshiriladi. Shaxsiy ma’lumotlarga quyidagi ma’lumot turlati kirishi mumkin: ism sharifingiz, tug’ilgan vaqtingiz, jinsingiz, telefon raqamingiz, elektron pochta manzilingiz, yashash joyingiz, turmush tarzi va boshqa har qanday ma’lumotlar. Agar siz shaxsiy ma’lumotlaringizni bizga taqdim etishga rozi bo’lsangiz, ulardan tanlangan maqsadlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.

SHAXSIY MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH

Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etadi va Sayt boshqa shartlar nazarda tutikmagan xolatda mijozning ehtiyojlarini aniqlash, o’zining mahsulot va xizmatlari sifatlarini yaxshilash maqsadida ma’lumotlarni saqlash, tizimlash, yig’ish, aniqlashtirish, foydalanish, umumiy darajaga yetkazish va uzatish imkoniyatiga ega. Sayt (yoki bizning nomimizdan reklama kompaniyalari doirasida ishlaydigan boshqa shaxslar) foydalanuvchi bilan bog’lanish uchun shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishi yoki uchinchi tomonga tashrif buyuruvchilar va mijozlar to’g’risidagi umumiy (o’zgartirilgan) ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin. Sayt shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga sotmaslik va ijaraga bermaslik majburiyatini oladi. Shaxsiy ma’lumotlaringiz Ozarbayjon Respublikasining qonunchiligi, bizning tamoyillarimiz, saytimiz va mijozlarimiz xavfsizligi talablariga javob berishiga ishonch xosil qilganimizdagina tegishli organlarga taqdim etilishi mumkin.

KUKI SIYOSATI

Saytga kirishda sizga ba’zi ma’lumotlarni foydalanuvchi kompyuterida saqlash huquqini beramiz. Ushbu ma’lumotlar – cookie fayllar (bu saytga tashrif buyurilganda brauzerga uzatiladigan va foydalanuvchi qurilmalarining qattiq disklariga joylashtirilgan kichik matnli fayllar) turli vazifalarni hal qilishda foydali bo’lishi mumkin. Cookie fayllar yordamida foydalanayotgan operatsion tizimingiz, brauzer turi, brauzerga o’rnatilgan ilovalar, IP manzillar, kompyuteringizdagi dasturiy ta’minot va boshqaa identifikatsion manbalar haqida ma’lumot olish mumkin. Turli hil internet brauzerlar yordamida foydalanuvchi cookie fayllarni qattiq disklardan tozalash, xar qanday ma’lumotlar zaxirasini bloklash yoki ular haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega. Cookie fayllarining qayta ishlashini xoxlamaydigan sayt foydalanuvchilari saytga kirishdan oldin o’zlarining brauzerlarini (veb brauzer) o’rnatishlari zarur.

O’ZGARISHLAR

O’zgarishlar kamdan kam xolatlarda bo’lishiga qaramasdan, Sayt Maxfiylik Siyosatiga o’zgarishlar kiritish huquqini o’zida saqlab qoladi va bu Sayt vakolatiga kiradi. Maxfiylik Siyosatiga kiritilishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarga qaramasdan, ushbu Saytdan foydalanishingiz o’zgarishlarni qabul qilganingizni anglatadi. Saytning ma’lumotlarni ximoya qilish va maxfiylikni ta’minlash siyosati va amaliyotiga doir savollaringiz bo’lsa iltimos biz bilan bog’laning.